
Internetda Samarqand shahrida harakatlanayotgan tramvay beton ustunga borib urilgani tasvirlangan fotosuratlar tarqaldi.
Aytilishicha, tramvay izidan chiqib ketgan va yon tomoni bilan beton ustunga urilib, uni ag‘darib yuborgan. Ustunning bir uchi yo‘l chetidagi "Neksiya"ning bagaj qismiga tushgan. Hodisa natijasida hech kimga zarar etmagan. Tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida tramvaylar harakati joriy yilning aprelida yo‘lga qo‘yilgan edi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar