06:32 / 29.05.2017
6 407

O‘zbekistonda “Qaynonalar kengashi” o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekistonda “Qaynonalar kengashi” o‘z faoliyatini boshladi
Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda, keyingi vaqtlarda qaynona-kelin, shuningdek, kelinlarning turmush o‘rtog‘i, qaynsingil, qaynopalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ham alohida e’tibor talab etmoqda.

Aynan shu maqsadda 2017 yilning birinchi choragi yakunida O‘zbekiston Mahalla xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qaynonalar kengashi” tashkil etildi. Bu haqida Toshkent shahar Mahalla xayriya jamoat fondi bosh mutaxassisi Omila Oripova “Kun” muxbiriga xabar berdi.

Bugungi kunda mazkur kengashning ish faoliyati loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha mahallalarda joriy etilgan. Kengashni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalla hududida kelin tushirish arafasida turgan yoki qiz uzatishga hozirlanayotgan ayollarimizni ro‘yxatini tuzib, ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazishdir.

Mashg‘ulotlar davlat organlari xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inida obro‘-e’tiboriga ega odamlar, yoshi ulug‘ hoji onaxonlar, psixologlar, huquqshunoslar, shifokorlar tomonidan tashkil etiladi.
Ayni vaqtda Toshkent shahrining beshta tumanida Kengash o‘z faoliyatini boshlab yubordi.

“Har bir ona o‘z farzandini baxtli bo‘lishini istaydi. Biroq ayrim hollarda hayotiy tajriba mavjud bo‘lsa-da, ularda bilim darajasi etarli bo‘lmagani sababli oilada tushunmovchiliklar, ko‘ngilsizliklar kelib chiqadi. Ba’zan esa kelinning o‘zidan uning sarpolari, mol-dunyosini ustun qo‘yish holatiga ham guvoh bo‘lamiz. Kengashimiz ham aynan mana shunday vaziyatlarni oldini olish, bo‘lajak qaynonalarga to‘g‘ri maslahatlar berish, onalarda oiladagi muhitni to‘g‘ri izga solish uchun kerakli ko‘nikmalarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi”, — deydi Omila Oripova.


Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda “Qaynonalar kengashi” o‘z faoliyatini boshladi