
Amerikaning Arizona shtatida bug‘u o‘z bolasini himoya qilish uchun ayiqqa hujum qildi. Guvohlar bu voqeani videoga muhrlashdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Video avvalida bug‘u bolasi deyarli ko‘rinmaydi, uning faqat chiyillashi eshitiladi. Ayiq unga bir necha bor yaqinlashishga harakat qiladi, biroq ona-bug‘uning qat’iy nigohi ostida bunga jur’ati etmaydi.
Bug‘u chalg‘igan paytida ayiq hujumga kirishadi. Ona bug‘u yirtqich tomon yugurib, bolasini qutqaradi. U shu zahotiyoq "o‘ljasi"ni tashlab, daraxtga chiqa boshlaydi. Shundan so‘ng bug‘u va uning bolasi o‘z yo‘lida davom etadi.
Rolik mualliflarining ta’kidlashicha, jonivorlarning keyingi taqdiri ularga noma’lum.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar