
2017 yil 01 aprel kuni, fuqaro Zarofat Saidganievna Axmedova Yunusobod tuman IIBBga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talonchilik yo‘li bilan 11.100 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarini egallaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 166-moddasi 3-qismi «b» bandi (talonchilik, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Lekin, dastlabki tergov jarayonida Axmedova turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, g‘arazgo‘ylik niyatida, umumiy oilaviy mulkni o‘zlashtirish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yolg‘on xabar bilan murojaat etib, yolg‘on guvohlik berganligi aniqlangan.
Tergov natijasiga ko‘ra, Axmedova O‘zbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (yolg‘on xabar berish) va 238-moddasi 1-qismi (yolg‘on guvohlik berish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar