Ayiqning raqsi yashirincha videoga olindi (Video)

Ayiqning raqsi yashirincha videoga olindi (Video)
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Visimsk qo‘riqxonasi xodimlari Feropont nomli dongdor ayiqning raqsga tushganini videoga oldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Feropont archazorni xush ko‘rgani bois ko‘p vaqtini o‘sha yerda o‘tkazadi. Xodimlar nima uchun ayiq aksariyat vaqtini archazorda o‘tkazishini bilish uchun daraxtga videokamera o‘rnatishdi.

Videokamera suratga olgan kadrlar tomosha qilinganda, Ferapont u yerda raqsga tushishi ma’lum bo‘ldi. Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayiqning raqsini yuqori baholadi.

Qo‘riqxona xodimlari ayiq o‘zining bu qilig‘i bilan mazkur er unga qarashli ekanligini, xo‘jayin o‘zi ekanligini bildirmoqchi bo‘lgan. Bunday holatda ba’zi bir bo‘yi past ayiqlar daraxt ustiga chiqib, er ularniki ekanligini daraxtni silkitgan holda bildirishadi. Natijada boshqa ayiqlar bu yerning xo‘jayini ulkan ayiq ekan, deb o‘ylaydi.

Shu bilan birga, Ferapont daraxtga ishqalanishi orqali ortiqcha junidan xalos bo‘ladi. Mutaxassisning fikricha, maymoq bir o‘q bilan ikki quyonni urgan: u o‘z hududini belgilagan, yelkasini qashlagan va bir paytning o‘zida raqsga tushgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar