
Krasnodar-Novorossiysk yo‘lida asalari qutilari ortilgan avtomobil ag‘darilib, minglab asalarilar ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Asalarichilar ayni paytda butun qolgan qutilarni yig‘ishtirmoqda. YTH sodir bo‘lgan joyga maxsus kiyimsiz yaqinlashib bo‘lmaydi. Chunki arilar yaqinlashgan odamga hujum qiladi. Ular bir nechta kishini chaqishga ulgurdi. Avtofalokat sodir bo‘lgan joyda avtomobil tirbandligi yuzaga keldi. “Yandeks xarita” orqali bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan haydovchi va yo‘lovchilar ogohlantirildi, ularga oynalarni yopib harakatlanish tavsiya etildi. Bundan tashqari, yo‘llarda polisiyachilar navbatchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar