12:02 / 01.06.2017
6 809

Akademikning Prezidentga bergan taklifi ijroga kirdi

Akademikning Prezidentga bergan taklifi ijroga kirdi
Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning etakchi olimlari, ziyolilari, akademiklari bilan uchrashib, ular bilan ilm-fanni yanada rivojlantirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini amalga oshirish yuzasidan dildan suhbatlashgandi.

Uchrashuvda akademik Aziz Qayumov kutubxonalar ishini takomillashtirish va kadrlar masalasini yaxshilash bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi.

Ma’lumki, kutubxonachilar 1972-2012 yillar orasida Madaniyat institutida (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tayyorlangan. Undan so‘ng bu yumush Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tish kerak, joriy yilning 15 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Ishonchli manbalarimizning xabar berishlaricha, joriy yildan boshlab “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga 50 ta hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 80 ta kvotalar ajratildi. Bu kelgusida axborot-resurs markazlari ishini takomillashtirish va kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akademikning Prezidentga bergan taklifi ijroga kirdi