Rossiya Federasiyasi prezidentining «Rossiyada futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati va 2017 yilgi FIFA Konfederasiyalar kubogini o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migrasion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartiriladi.
Farmonga ko‘ra Rossiyaning 4 shahri – Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017 yilning 1 iyunidan 12 iyuligacha, shuningdek, 2018 yilning 25 mayidan 25 iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Ekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migrasion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.
«Vaqtinchalik bo‘lib turish (vaqtinchalik yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni bo‘lib turish joyida hisobga qo‘yish yoki yashash joyida ro‘yxatga olish ularning bo‘lib turish joyiga yoki yashash joyiga etib kelgan kunidan boshlab bir sutka ichida Rossiya Federasiyasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hujjatlarni qabul qiluvchi tomon yoki bevosita chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgach, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy organi tominidan amalga oshiriladi», — deb yozilgan hujjatda.
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur o‘zgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero o‘z vaqtida migrasion hisobga qo‘ymaslik ma’muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin» — deya ogohlantiradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi