11:06 / 04.06.2017
7 465

Toshkentda firibgar ayol 5 millionni “uxlatib” ketdi

Toshkentda firibgar ayol 5 millionni “uxlatib” ketdi
Joriy yilning 1 may kuni muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan Gavhar Obidova Shayxontohur tumanida fuqaro Isroil Jamilovga tegishli bahosi 5.000.000 so‘mlik “Bosch” brendi ostidagi qurilish perfaratorini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan edi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti, “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi” saytida berilgan ma’lumotga tayangan holda.

Ma’lum bo‘lishicha, Gavhar uni qaytarib bermasdan boshqa shaxsga sotgan va olgan pul mablag‘ini ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda firibgar ayol 5 millionni “uxlatib” ketdi