
Kecha, 4 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mazkur jinoyat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini, gumondor Islom To‘laganovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi alomatlari bilan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida shunday deyiladi:
“104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast etkazish
Qasddan badanga og‘ir shikast etkazish:
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001 y., 9-10-son, 165-modda)”
Hozircha hech nima aniq emas, jazoni faqat odil sud tayinlaydi. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, gumondagi shaxslar, kollej o‘quvchilari voyaga etmaganlar hisoblanadi.
Voyaga etmaganlar jinoyat sodir etsa, ular jazoni o‘tash uchun Toshkent viloyatining Zangiota tarbiya koloniyasiga yuboriladi. Ushbu koloniyaga o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan o‘smirlar olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Mirobod tumani IIBda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda gumondorning ota-onasi o‘g‘liga qonuniy jazo berilishini so‘ragan edi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida joylashgan “Do‘stlik” bog‘ida Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdorlarni jazolashni talab qilib, ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu jinoyat yuzasidan e’lon qilingan petisiyaga 10 mingdan ziyod odam qo‘l qo‘ygan edi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing