19:28 / 05.06.2017
15 544

Yunusobod tumani hududida joylashgan 40.000 so‘mlik fohishaxona aniqlandi

Yunusobod tumani hududida joylashgan 40.000 so‘mlik fohishaxona aniqlandi
2017 yilning 03 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Nigora Safarova Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so‘m pul evaziga fuqarolar “Z” va “D”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida xabar berildi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumani hududida joylashgan 40.000 so‘mlik fohishaxona aniqlandi