Astronomlar xalqaro jamoasi eng qaynoq ekzosayyorani aniqlashdi. Bu boradagi tadqiqot Nature jurnalida chop etildi.
KELT-9b (HD 195689 b) sayyorasining yulduziga qaragan tomonidagi atmosferasi harorati zarg‘aldoq mitti yulduzniki kabi 4,6 ming kelvin yoki Selsiy bo‘yicha 4327 gradusni tashkil qiladi. Sayyoraning gaz qobig‘idagi sharoitlar shundayki, ularda ko‘rinishicha molekulalar yo‘q, ya’ni materiya atomar yoki ionlashgan holatda.
Ekzosayyora KELT-9 (HD 195689) yulduzi atrofida 1,48 sutkalik davr va undan 0,3 astronomik birlik uzoqlikda aylanadi. Sayyora Yupiterdan taxminan 2,88 marta og‘irroq va 6,75 marta kattaroq.
KELT-9 yulduzi esa Quyoshdan 2,5 marta og‘irroq va 13,14 marta kattaroq. Yulduz sirtidagi harorat 10,17 ming kelvinni tashkil qiladi (Quyoshning sirtidagi harorati 5,8 ming kelvin). Yulduz spektral tasniflashda A va V turdagi yulduzlar orasida joylashgan.
KELT-9 yulduzi tizimi KELT (Kilodegree Extremely Little Telescope) observatoriyalari tomondan tadqiq qilindi.
Bungacha eng qaynoq ekzosayyora WASP-33 b (HD 15082 b) sayyorasi hisoblanardi, uning sirti harorati 3,3 ming kelvinga baholanardi. Yangi tadqiqotga ko‘ra, KELT-9b sayyorasi o‘z quyoshidan WASP-33 b’ga qaraganda 700 marta ko‘proq rentgen radiasiyasi oladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin