
2017 yilning 04 iyun kuni, taxminan soat 16:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida, Yunusobod tumani hududida, Furqat Yusupovich Tulaganov uyi xovlisida qonunga xilof ravishda 15 tup “nasha” giyohvandlik vositasini ekib, etishtirayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va etishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar