16:22 / 08.06.2017
5 544

O‘zining tovarlarini etkazish uchun lisenziya kerak emas

O‘zining tovarlarini etkazish uchun lisenziya kerak emas
Mijozlarga o‘z tovarlarini etkazib berishda tashkilotlardan tashish uchun lisenziya talab etishadi. «Nalogovыe i tamojennыe vesti» gazetasining maxsus maqolasida tajribali mutaxassislar bunday talabning nima uchun noo‘rin ekanini tushuntirib berishdi.

Mualliflar etkazib berish va tashish o‘rtasidagi farqni aniq-ravshan qilib tushuntirib berishgan. Yuridik nuqtai nazardan etkazib berish — bu sotuvchining o‘z tovarini haridorga etkazib berish bo‘yicha majburiyatini bajarishiga kiradi. Tashish esa yukni transport vositasida tashish bilan bog‘liq bo‘lib, yukka nisbatan tashuvchining mulkiy huquqi mavjud emas, ya’ni u uchinchi shaxsning tovari sanaladi.

Mualliflarning pozisiyasi – lisenziyani faqat yuk tashish uchun olish kerak.

Tekshiruvchilarning barchasi ham ushbu nuqtai nazarni ma’qullamasligi mumkin. Ammo xatto nazoratchi organlarning orasida ham bu borada yagona qarash mavjud emas. Shu bois kelib chiqishi mumkin bo‘lgan da’volarning darajasini minimallashtirish uchun mualliflar shartnomalarni imzolash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdi.

Maqolaning to‘liq matni bilan bu erda tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zining tovarlarini etkazish uchun lisenziya kerak emas