13:18 / 09.06.2017
8 506

Yunusobod tumanida aniqlangan fohishaxona yopildi

Yunusobod tumanida aniqlangan fohishaxona yopildi
2017 yilning 06 iyun kuni Yunusobod tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, muqaddam sudlangan Bahora Umarova Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 130.000 so‘m pul evaziga fuqarolar «Yo» va «A»larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanida aniqlangan fohishaxona yopildi