Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi chet tili fani o‘qituvchisi ” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma’lum qilingan. Ko‘rik-tanlovda umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – shu yilning 5-15 iyun kunlari o‘tkazilib, unda ishtirokchilar “What are the essential ingredients for effective teaching and effective learning?” (“Samarali o‘qish va o‘qitishning muhim tarkibiy qismlari nimalardan iborat?”) mavzusida esse bilan qatnashadi;
2-bosqich - joriy yilning 10 iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarning dars ishlanmasi (Lesson planning) va videodarsi (videolesson) hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari huzuridagi maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu bosqichda chet tili o‘qituvchilarining dars bera olish mahorati (metodikasi) baholanadi.
3-bosqich – yakuniy respublika bosqichi joriy yilning 4-20 sentyabr kunlari o‘tkazilib, unda ishtirokchilar umumevropa kompetensiyalari CEFR talablari doirasida APTIS test sinovlarida ishtirok etadi.
Test-sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar natijalari 1- va 2-bosqichdagi natijalar bilan birga umumlashtiriladi va ular orasidan g‘oliblar tanlanadi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari 2018 yilda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan rivojlangan xorij davlatidagi nufuzli oliy o‘quv yurtida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 0(371)239-40-97
Tanlov Nizomi va unda ishtirok etish shartlari bilan tanishish. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi