
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi viloyat hokimi olib borgan dala shiyponidagi ko‘rgazmali seminarda 2018 yil uchun urug‘lik paxta etishtirayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutasaddi idoralarning mas’ul rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda Qalampir.uz ma’lum qildi.
“E’tiborsizlik, o‘zibo‘larchilik natijasida er tayyorlash va ekish jarayonlarida 36 ta fermer xo‘jaligining 1555 gektar maydoniga fosforli o‘g‘itlar berilmadi. Asosiy agrotexnik tadbirlardan bo‘lgan g‘o‘za yaganasi ham kechiktirilyapti. Ayni paytda 167 nafar fermer 4443 gektar erdagi g‘o‘zani yaganadan chiqarmagan. Bu urug‘lik paxta etishtirilayotgan maydonlarning 59 foizini tashkil etadi. Eng ayanchlisi, viloyatdagi 73 ta fermer xo‘jaligida g‘o‘zani azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish paysalga solinmoqda. 82 gektar maydon hamon begona o‘tdan tozalanmagan”, dedi viloyat hokimi Ulug‘bek Uzakov seminarda
Seminarda shira, tripsga qarshi suspenziya sepish ishlari ham kechiktirilayotgani ta’kidlangan. Sharof Rashidov tumanida 89 gektar, Do‘stlik tumanida 68 gektar, Paxtakor tumanida 61 gektar maydonda agrotexnik tadbir o‘tkazilmagani qayd etilgan. Urug‘lik paxta etishtiruvchi 110 ta fermer xo‘jaliklarining “Dala pasporti” hanuzgacha o‘rnatilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar