
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Baykalorti o‘lkasida yuz bergan YTH tufayli yo‘lovchilarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.
«Baykalorti o‘lkasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim», – deyiladi maktubda.
Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, 11 iyun kuni Rossiyaning Irkutsk — Chita trassasida ziyoratchilar avtobusi ag‘darilib ketgan, 14 kishi halok bo‘lgan va 25 kishi jabrlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar