17:57 / 13.06.2017
6 443

Dunyoning eng badavlat ayol yozuvchilari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng badavlat ayol yozuvchilari reytingi e’lon qilindi
Forbes Woman jurnali 2016 yilning eng ko‘p haq to‘lanuvchi yozuvchilari reytingini tuzdi. 13 iyun kuni mazkur reytingning to‘liq ro‘yxati taqdim etildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin britaniyalik yozuvchi Joan Roulingga, Garri Potter haqidagi kitoblar seriyasi muallifiga nasib etdi. U 2016 yilda shuningdek "Fantastik mavjudotlar va ularning makoni" kinossenariysi sifatida qatnashdi. Shu bilan birga dramaturg Jek Torn bilan birga "Garri Potter va la’nati bolakay"ning ikki qismini yaratishda ishtirok etdi. Uning o‘tgan yilgi daromadi 19 million dollarni tashkil qildi, deya yozdi Kun.uz nashri.

Ikkinchi o‘rinni "Irland qalblar", "Mak-Gregorlar", "Tungi hikoyalar" va "Stanislavskilar oilasi" kabi asarlar muallifi amerikalik Nora Roberts egalladi. U shu kunga qadar 15 million dollardan ziyod pul ishlab oldi. Uchinchi o‘rinda - "Zoya", "Oilaviy albom" asarlari muallifi Daniela Stil bo‘lib, u 15 million dollarni qo‘lga kiritdi.

Ilk o‘nlikdan shuningdek Erika Jeyms, (14 million dollar), Pola Xokins 10 million dollardan ortiq), Veronika Rot ( 10 million dollardan ziyod) va Reychel Rassel (8,5 million dollar) o‘rin olishdi.

Reyting tuzishda mualliflarning 2016 yilda o‘z asarlari uchun olgan daromadlari inobatga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyoning eng badavlat ayol yozuvchilari reytingi e’lon qilindi