Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak Aleksey Navalniy bilan uyushtirgan intervyusida “O‘zbekistonda hech kim Pushkin haqida bilmaydi”, deya ta’kidlagan va uning suhbatdoshi ham bu fikrga qo‘shilgan. Tabiiyki, bu gap o‘zbekistonliklarga xush kelmadi va ular Sobchak hamda Navalniyga javoban fleshmob amalga oshirishdi, deb yozmoqada «Qalampir.uz» sayti.
Aksiya ishtirokchilari internet tarmog‘iga videolar joylab, Aleksandr Sergeevich Pushkinni qanchalik yaxshi bilishini uning asarlari orqali isbotlab berishdi. Ayniqsa, 4 yoshli qizcha rus shoirining “U lukomorya dub zelyonыy” she’rini yoddan aytib berdi.
Video mualliflaridan biri Toshkentda Pushkin ko‘chasi, maydoni, metro bekati va haykali borligini qayd etib, Sobchak hamda Navalniyni mehmonga taklif qildi:
“Keling, mehmon bo‘ling, biz qanday madaniyat bilan yashayotganimizni ko‘ring. O‘zingizning ma’naviy dunyongizni boyiting. O‘zbekistonda Pushkin kimligini bilishmaydi, deb aytib o‘zingizni bu qadar nodonlarday tutmang. Biz Pushkin, Blok, Esenin, Mayakovskiy, Lermontov, Griboedov, Gogol, hammasini bilamiz. Siz esa biz haqimizda hech narsa bilmaysiz, buni suhbatingiz orqali isbotladingiz”, deydi aksiya ishtirokchisi.
Boshqa bir video muallifi esa Pushkin haykali yonida selfi qilib, shoirni O‘zbekistonda qanchalik yaxshi bilishini ko‘rsatgan.
Aksiya, shuningdek, barcha ijtimoiy tarmoqlarda keng o‘tkazilmoqda. Instagram’da esa o‘zbek san’atkorlari maxsus xeshtegni ishga tushirib, Sobchak va Navalniyga javoban harakat qilishga foydalanuvchilarni chorlamoqda.
O‘zbekistonda Pushkinni nafaqat yaxshi bilishadi, balki u eng sevimli xorijlik shoirlardan biri hisoblanadi. Uning asarlarini nafaqat rus tilida, balki o‘zbek tilidagi tarjimalarini ham 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan har bir o‘zbekistonlik sevib o‘qiydi va yod oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi