17:01 / 14.06.2017
7 488

Yashnobod tumanida bir ayolning «IPhone-6» telefonini o‘g‘irlagan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Yashnobod tumanida bir ayolning «IPhone-6» telefonini o‘g‘irlagan o‘g‘ri qo‘lga olindi
2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 08:30 larda muqaddam sudlangan Ma’mur Muxamedalievich Yuldashev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida fuqaro Dilfuza To‘raevaning kuylagi cho‘ntagidan bahosi 4.500.000 so‘mlik «IPhone-6» rusumli uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik, ya’ni jabrlanuvchinig kiyimidan mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yuldashevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashnobod tumanida bir ayolning «IPhone-6» telefonini o‘g‘irlagan o‘g‘ri qo‘lga olindi