Farg‘onaning qo‘qon shahrilik T.A. “Turkiston” ko‘chasida joylashgan uyi oldida turli buyumlarni sotib olish bilan shug‘ullanuvchi noma’lum olib-sotarga 5 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini 4 mln so‘mga sotadi. Olibsotar so‘m o‘rniga unga 520 AQSh dollariga teng jami 26 dona 20 AQSh dollari kupyurasini beradi.
Respublika IIV matbuot xizmati xabar qilishicha, jabrlanuvchi mazkur AQSh dollari kupyuralarining haqiqiyligiga shubha qilib, ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Arizani o‘rganish jarayonida o‘tkazilgan texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “26 dona 20 AQSh dollarilik kupyuralar pul biletini ishlab chiqaruvchi davlat korxonalarida tayyorlanmaganligi” ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchi Samarqand shahrilik 1953 yilda tug‘ilgan G.N. ekanligi aniqlangan va ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: «Kun.uz» “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi