14:59 / 17.06.2017
6 603

Fotopost: Prezident topshirig‘i bilan samarqandliklarga 150 million so‘m yordam ko‘rsatildi

Fotopost: Prezident topshirig‘i bilan samarqandliklarga 150 million so‘m yordam ko‘rsatildi
O‘zbekistonda kam ta’minlangan va mehnat layoqati chegaralangan odamlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.

Jumladan, bugun, 17 iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, Samarqand viloyati aholisining kam ta’minlangan hamda mehnat layoqati chegaralangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 120 nafarga yaqin kishiga tikuv mashinalari, nogironlar aravachalari, eshitish apparatlari, hassalar, davolanishga bepul yo‘llanmalar hamda 150 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-3 iyun kunlari Sirdaryo viloyatidagi sayyor qabul davomida ham muhtoj fuqarolarga Prezident topshirig‘i bilan nogironlar aravachasi va tikuv mashinalari sovg‘a qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fotopost: Prezident topshirig‘i bilan samarqandliklarga 150 million so‘m yordam ko‘rsatildi