18:39 / 17.06.2017
7 218

Turkmaniston prezidenti Qadr kechasi munosabati bilan amnistiya e’lon qildi

Turkmaniston prezidenti Qadr kechasi munosabati bilan amnistiya e’lon qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammadov «Muqaddas Qadr kechasi munosabati bilan sudlangan shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Shu munosabat bilan 1029 nafar turkmanistonlik jazoni ijro etishdan ozod etiladi.

Turkmaniston davlat axborot agentligining qayd etishicha, hujjat rahmdillik va insoniylik nuqtainazaridan, turkman jamiyati va har bir oilada birlik hamda birdamlikni mustahkamlash maqsadida imzolangan.

Davlat rahbari farmonni imzolar ekan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga afv etilganlarni yaqin muddatda uylariga qaytishni ta’minlash vazifasini yuklagan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhammadov viloyatlar, atroplar, shaharlar hokimlari va boshqa rahbarlarga amnistiya qilingan shaxslarni, o‘zlarining vijdonan mehnat qilishlari bilan o‘z ayblarini yuvishi va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari uchun ularni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkmaniston prezidenti Qadr kechasi munosabati bilan amnistiya e’lon qildi