
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Umida Abduazimova kimlar «o‘ynash»likka chorlayotganligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uning aytishicha, qo‘sh xotinlikni da’vo qilayotgan ayrimlarning gapini tinglab, tavba, deysiz.
«Hozir erkakdan qochib, chimmatda qo‘li qisqa, tili soqov bo‘lib o‘tiradigan zamonimas, ayollarning! Qolaversa qaysi ersiz xotin ochidan o‘libdi? Aksariyatining qo‘lida xunari, uchqur mashinalarning ruli! Aka-ukasi, qarindosh urug‘lari bor. Kimgadir xola, kimgadir amma bo‘lishga arziydigan aql-xushli, ibo-xayoli… Fohishalikka yo‘naltirayotgan ham, «o‘ynash»likka chorlayotgan ham, menimcha, nafsi buzuq erkaklar, iymonsiz, oyog‘i erdan uzilgan «amaldor»lardir. O‘shalar o‘z qizlarini ikkinchi xotin bo‘lishini xohlarmikan?
So‘rab ko‘ring, qo‘l ostida ishlab, «kanizak»ka aylanishini-chi?..», — ta’kidlaydi taniqli shoira.
Manba: 1news.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar