“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi va neft-gaz va geologiya ishchilari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi eng yaxshi logotip va shior uchun tanlov e’lon qiladi. Bu haqda kompaniyaning Axborot xizmati xabar tarqatdi, deb yozadi Hordiq.uz.
Tanlovda reklama kompaniyalari, agentliklar va jismoniy shaxslar, jumladan, talabalar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun uning shartlari va texnik masalalari bilan tanishish lozim.
Tayyorlangan logotipga mos ravishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida shior ham yozish talab etiladi. Ijodiy ishlarni elektron pochta yoki kompaniya manzili orqali etkazish mumkin. (Batafsil yuqoridagi havolada tanishishingiz mumkin.)
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 21 iyuligacha qabul qilinadi. Hay’at komissiyasi eng yaxshi 50 ta ishni tanlab oladi va keyingi bosqichda ular ochiq tanlov asosida bellashadilar.
Tanlov natijasi 25 avgust kuni e’lon qilinadi. 30 avgust kuni esa g‘oliblar taqdirlanadi. Eng yaxshi logotip va shior egasiga Spark rusumli avtomobil sovg‘a qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi