
2017 yilning 18 iyun kuni taxminan soat 22:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Umarov Bekzod Valievich, Sharipov Abbos Vaxidovich va Fayzullaev Abror Xakimovichlar Yashnobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so‘m pul evaziga fuqaro «F» va «Sh» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganlari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar