Sudyalar haqida yozish, ulardan intervyu olish va ayniqsa ularning sudya darajasiga ko‘tarilishi haqida ma’lumot olish jurnalistlar uchun murakkab vazifalardan biri edi. Chunki, ko‘pgina sudyalar ommaviy axborot vositalarida ko‘rinishni istamas edilar. Endi bu muammolar ortda qolganga o‘xshaydi. Joriy yil 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ommaviy axborot vositalariga sudyalar haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash vazifasi yuklatildi.
Xalq oldida obro‘-e’tibor qozongan sudyalarning hayot yo‘li, odil sudlovni amalga oshirishdagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish uchun “Sudyalar klubi” va “Sud himoyasida” ruknlari ostida markaziy telekanallar va gazetalarda muntazam ravishda turkum ko‘rsatuv va maqolalar e’lon qilib borish haqida amaliy fikr ilgari surildi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi. Demak, endi sudyalar jurnalistlardan qocha olmaydilar.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va sud tizimida adolat tamoyillariga nechog‘li rioya qilinayotgani haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Asosiy maqsadimiz, dedi Shavkat Mirziyoyev, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iboratdir.
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?