
Bugun, 22 iyun kuni Kishinevda Jasminning turmush o‘rtog‘i, moldovalik tadbirkor Ilan Shorning sudi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u katta miqdordagi pulni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor 3 ta bankning 700 million dollarlik summasini o‘g‘irlagan.
Jurnalistlarning xabar berishicha, sud Jasminning turmush o‘rtog‘ini 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm etgan. Ilan Shorning o‘zi esa ayblovni tan olmayapti. Bu haqda OAVga advokat Denis Ulanov aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar