
23 iyun kuni Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida ikki Nexia ishtirokida baxtsiz yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Voqea Navoiy ko‘chasi va Abay ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, birinchi Nexia qayrilayotgan bo‘lgan, ikkinchi Nexia esa to‘g‘ri yo‘ldan katta tezlik bilan kelib urilgan.
Baxtsiz to‘qnashuvda bir haydovchi boshidan lat egan. Joyga tez tibbiy yordam etib kelib, birinchi yordam ko‘rsatgan. Yo‘l harakati nozirlari esa biroz keyin hozir bo‘lishgan. Ko‘rinishidan avtotransport vositalariga katta ziyon etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar