10 914
Qamariddin Shayxov dunyo miqyosida Prezident Erdo‘g‘an bilan selfiga tushgan ilk jurnalist bo‘ldi
Xabaringiz bor, “Qalampir.uz” sayti rahbari Qamariddin Shayxov dunyoning 15 mamlakatidan kelgan 36 nafar jurnalist qatorida Turkiya Respublikasining Istanbul, Anqara, G‘aziantep, Qahramonmarash, Usmoniya va Shonli Urfa shaharlarida o‘tkazilgan media-turda ishtirok etib, Turkiya Respublikasi Bosh vazirligi huzuridagi Matbuot va axborot boshqarmasi bosh direktori Mehmet Akarchi, Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Mehmet Xalis Bilden bilan suhbatda bo‘ldi. Jurnalist 23 iyun kuni Turkiyaning Shonli Urfa shahrida mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ham uchrashdi.
Rajab Toyib Erdo‘g‘an va jurnalistlar uchrashuvi turk telekanalarida ham namoyish etilgan. Qamariddin Shayxov mazkur uchrashuvda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan selfi-suratga tushdi. Ahamiyatlisi shundaki, u dunyo jurnalistlari ichida Prezident Erdo‘g‘an bilan selfi-suratga tushgan ilk jurnalist bo‘ldi. Uchrashuv haqida Qamariddin Shayxov shunday deydi:
“Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvimiz kutilmaganda bo‘ldi. Prezident Shonli Urfadagi qochoqlar lagerida yozilgan iftor dasturxoniga tashrif buyurdi. Albatta, mamlakat rahbarini bir zumda jurnalistlar o‘rab oldi, kim savol bilan murojaat qilgan, kim u bilan ko‘rishish ilinjida qo‘l uzatgan. Erdo‘g‘an o‘zini juda vazmin tutardi. U biz tomonga kelganda iliq ko‘rishdik. Oz-moz turk tilini bilaman. Shu zahot O‘zbekistondan kelgan jurnalist ekanimni aytdim. Prezident tabassum qildi va “O‘zbekiston ota yurtimiz, sizlarga salomlar bo‘lsin, xush kelibsiz turk diyoriga!”, deya iltifot ko‘rsatdi. Shu on uning atrofini o‘rab olgan qo‘riqchilar suratga tushishimizni taklif qilishdi. Qo‘l telefonimni chiqarib, selfi-suratga olayotganimni ko‘rgan prezident selfini yoqtirmasligini bildirdi, ammo ota yurtlik qardoshlarga mumkin, degandek elkamdan tutib, nigohlarini telefon kamerasiga qaratdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘zbek xalqi, xususan, O‘zbekistonga bo‘lgan iliq munosabatini uning tabassumidan sezish qiyin emasdi. Mamlakat rahbari 2016 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurib, Samarqandda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirib, guldasta qo‘ygan edi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv, hamkorlikni mustahkamlash xususida suhbat qurgandi. O‘sha suhbatda Turkiya rahbari O‘zbekiston ota yurti ekanini aytgandi. Biz bilan bo‘lgan suhbatda ham buni yana bir bor takrorladi.
Aytishlaricha, dunyo miqyosida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan selfi-suratga tushgan birinchi jurnalist men bo‘libman. Bu muhimmi yoki yo‘q, bilmadim. Ammo men o‘zimga ko‘rsatilgan hurmat va e’tiborni davlatimiz, xalqimizga ko‘rsatilgan hurmat ifodasi deb bilaman”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»