Qarshida ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi sodir bo‘ldi: ikki kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ko‘p qavatli turar joy binosidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 22 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:28 da Qarshi shahrining Batosh mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatidagi xonadonlardan birida yuz bergan.
Gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirgan.
Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlar yo‘q.
Hozirda mas’ul idoralar tomonidan gaz-havo aralashmasi chaqnashining kelib chiqish sabablari va hodisa tafsilotlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…