Ford kompaniyasi qanday poyabzal haydovchilar uchun xavfsizroq ekanini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Tadqiqotga ko‘ra, faqatgina Buyuk Britaniyaning o‘zida mashina haydash uchun poyabzalning noto‘g‘ri tanlanishi har yili 1,4 mln ta yo‘l-transport va xavfli hodisalarga olib kelar ekan. Bu haqda Ford tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Motor nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislarning fikricha, mashina haydashda eng xavfli poyabzal shippaklar hisoblanar ekan. Bu poyabzal turi oyoqdan chiqib ketib, pedal ostiga tushishi mumkin ekan. Ba’zi davlatlarda shippaklarda mashina haydash hattoki qonunan taqiqlangan: misol uchun, Ispaniyada buning uchun 200 evro, Fransiyada esa 90 evro jarima solinishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oyoqda bemalol o‘tiruvchi poyabzal tormozlash vaqtini o‘rtacha 0,13 soniyaga oshirar ekan. Bu esa 95 km/soat tezlikda tormoz yo‘lining 3,5 metrga oshishiga etar ekan. Shuningdek, shippaklarda gaz tepkisidan tormoz tepkisiga oyoqni olish oddiy poyabzalga nisbatan ikki marta ko‘proq vaqtni, ya’ni deyarli 0,04 soniyani olar ekan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»