14 yil avval ikkinchi marotaba turmushga chiqqan edim. Nikoh o‘qilgan, ammo FHDYo bo‘limida rasmiylashtirilmagan. Endi rasmiylashtirsa bo‘ladimi?
T.Qo‘chqorova, Jizzax viloyati, Zafarobod tumani
Inomjon QUDRATOV, Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari:
— Oila kodeksining 212-213-moddalariga muvofiq, nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti Nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to‘g‘risida ariza beradilar. Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog‘ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo‘lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim.
Yuqoridagilarga ko‘ra, dastlabki nikohi bekor qilinganligi haqidagi hujjat bilan nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi FHDYo bo‘limiga belgilangan tartibda nikohni qayd etish haqidagi ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?