Qorako‘l tumani, Xo‘jakon MFYda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan ayblanib hozirda Buxoro viloyat IIB 3-sonli Tergov hisbxonasida saqlanayotgan B.Zikirov ham o‘zining qilmishlari tufayli mahbus nomini oldi, — deb yozadi Kun nashri.
Turli o‘g‘riliklar sodir qilib, bir necha nafar fuqaroning jabrlanib qolishiga sababchi bo‘lganligi etmaganday, o‘zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib talonchilik jinoyatiga ham qo‘l urganligi aniqlandi.
Jumladan, mahbus B.Zikirov Buxoro shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, Z.Boboyevaning ishonchiga kirib, unga uylanishini va’da qilib, undan Buxoro shahar Yuridik va maishiy xizmat kolleji va Kogon shahri hududlarida bir necha marta turli-xil muammolarini hal qilishini ro‘kach qilib, jami 28.000 AQSh dollarini olib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan B.Zikirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...