Bugungi kunda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan go‘sht narxi oshishi bilan bog‘liq sabablarga “Darakchi” nashri oydinlik kiritishga qaror qildi.
Respublika bo‘ylab bu holatning kuzatilishiga sabab nima? Jurnalist poytaxt dehqon bozorlarida surishtiruv o‘tkazdi.
Surishtiruvda ma’lum bo‘lishicha, Chorsu dehqon bozorida laxm go‘shtlarning narxi 1 kg. uchun 35 000 so‘mdan 36 000 so‘mgacha, suyakli go‘shtlar esa 28 000 so‘mdan 30 000 so‘mgacha sotilyapti. Ma’lumot uchun: o‘tgan oyda ayni shu turdagi, ya’ni suyaksiz laxm go‘sht 28 000, suyaklisi esa 25 000 so‘mdan xaridorlarga etkazilgan. O‘rtadagi tafovutni o‘zingiz hisoblayvering.
Surishtiruv jarayonida boshqa go‘sht mahsulotlarning narxida ham xuddi shunday o‘sish borligiga guvoh bo‘lindi: masalan, suyaksiz ot go‘shti 1 kg. uchun 25.000 30.000 gacha; jigar 20.000 22.000 gacha; qazi 52.000 (xomi ham, tayyori ham); qiyma 20.000 so‘mdan 25.000 so‘mgacha… Bu narxlar ham o‘tgan oydagiga nisbatan turiga qarab kamida 3000 so‘mgacha o‘sgan.
“Qo‘yliq” dehqon bozoridagi surishtiruvda ham xuddi shunday narxlardagi o‘sishga guvoh bo‘ldik: bu erda ham laxm go‘shtlar 30 000 so‘mdan 32 000 so‘mgacha narxda sotilmoqda. Sotuvchining ta’kidicha, o‘tgan oyda ayni shu turdagi go‘shtlar 25 000 so‘mdan 28 000 so‘mgacha xaridorlarga etkazilgan.
Qassoblarning qayd etishicha, narxlardagi bunday o‘zgarishlarga viloyatlardan mol olib kirish qiyin bo‘layotgani, chorva mollari uchun em-xashaklarning narxi ham ko‘tarilgani ularning go‘shtga nisbatan shunday narx qo‘yishiga sabab ekan. Shuningdek, go‘shtlar sifatiga qarab ham narxlanadi, deydi qo‘shimcha izoh berib sotuvchi.
Katta savdo markazlarda laxm mol go‘shti 1 kg. 39.490 dan 39.990 gacha, qo‘y go‘shtiniki esa 1 kg. uchun 28.000 31.990 gacha narxda savdoga qo‘yilgan.
Go‘sht narxi nimaga oshayotgani haqidagi savol bilan «O‘zbekoziqovqatxolding»ga murojaat qilindi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida go‘sht narxi talab va taklif, shuningdek uni ishlab chiqarish harajatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Shu munosabat bilan bozorda go‘sht narxi ishlab chiqaruvchilar (xo‘jalik sub’ektlar) tomonidan belgilanadi – deyiladi tashkilot javobida.
Narx oshishiga olib kelayotgan omillar orasida quyidagilar keltiriladi:
Mavsumiy omillar. Aksariyat chorva mollari shaxsiy tomorqalarda ekanligini inobatga olib, bahorda mollar yaylovlarga yuboriladi. Mollarning ozg‘inligi bois uni so‘yish kamayadi. Natijada go‘shtning xarid narxi oshib ketadi.
Em narxining oshishi. Ozuqa mahsulotlarining bahosi qimmatligi ham go‘sht narxi oshishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar xoma ashyo birjasining joriy yil 15 iyun ma’lumotlariga ko‘ra, omuxta emga 2017 yil 5-9 iyunda belgilangan narxlar 1 tonna uchun 556 624 so‘mni tashkil etmoqda. Demak, 1 kg. omuxta emning narxi 556 so‘m, ya’ni o‘sish kuzatilgan. Kunjara, ya’ni paxta chigiti shrotining narxi ham joriy yil 5-9-iyun sanalarida 1 tonna uchun 971 499 so‘m qilib belgilangan. Bu 1 kg. uchun 971 so‘m degani.
Bu ozuqa mahsuloti esa arzonlashgani qayd etilgan. Arpaning narxi xuddi shu davrlar uchun 1 tonnaga 595 404 so‘m belgilangani holda, bunda ham narxning arzonlashgani ko‘rsatilgan. Ushbu ma’lumotlar bilan tanishgach, Tovar xom-ashyo birjasi belgilagan narxlar joylarda ham xuddi shu miqdorda amal qilyaptimi, degan savolga javob topishga urindik.
Surishtiruvimizdan ma’lum bo‘lishicha, joylarda 1 kg. omuxta emning o‘rtacha narxi 1800 so‘m, kunjaraniki 2200 so‘m, arpaniki esa 1200 so‘m ekan. Davlat belgilangan va chorvador xarid qilayotgan haqiqiy narxlar o‘rtasidagi tafovutni anglash uchun u qadar katta savod talab qilinmaydi, bizningcha. Ehtimol, bugun bizni o‘ylantirgan muammoning ildizi ayni shu tafovutdadir balki.
Narxning oshishiga sabab bo‘layotgan yana bir omilni ham qayd etish lozim. Yaqingacha O‘zbekistonda go‘sht eksporti taqiq ostida bo‘lgan bo‘lsa, bugun Prezidentning “Mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini chetga olib chiqish imkoni paydo bo‘lgan. Ayni damda tovuq go‘shtini eksporti bo‘yicha Qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Shu munosabat bilan ushbu mahsulotning ham narxi oshishi ehtimoldan holi emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi