19:12 / 17.07.2017
6 526

«O‘zbekoziqovqatxolding"ning sobiq rahbari Shayxontohur tuman hokimi bo‘ldi

«O‘zbekoziqovqatxolding"ning sobiq rahbari Shayxontohur tuman hokimi bo‘ldi
Odilxon Rustamov Toshkentning Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib Gazetauz. 2016 yildan hozirgi vaqtgacha u «O‘zbekoziqovqatxolding"ni boshqarib kelayotgan edi.

Odilxon Rustamov (1968 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchisi. 1993 yildan buyon soliq organlari tizimida ishlagan. 2001—2005 yillarda Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlariga rahbarlik qilgan.

2005—2009 yillarda Toshkent soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyatlari soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2009 yildan 2016 yilgacha O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil oktyabrida Shayxontohur tumaniga Oybek Mirtemirov hokimlikka tayinlangan edi. U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekoziqovqatxolding"ning sobiq rahbari Shayxontohur tuman hokimi bo‘ldi