Turkiyaning Izmir shahridagi Alachati dahasida ikki restoran o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab chiqqan mojaroga Turkiya futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Fotih Terim ham aralashgani turk matbuotida o‘z aksini topdi.
Alachatida ochilgan ikki yangi restoran o‘rtasidagi ziddiyatning shov-shuv bo‘lishiga sabab, ularning biri “Adanaspor” klubining sobiq prezidenti Salohiddin Aydog‘duga qarashli Yüzevler Kebapçısı kabob restorani bo‘lsa, ikkinchisi Fotih Terimning kuyovi Ahmet Baran Chetin muassislaridan biri bo‘lgan Beeves Steak House steyk restorani ekanidir.
Matbuotda yoritilishicha, murosa qochishi ikki yangi restoran orasiga devor qad rostlashi va buning ortidan Terimning kuyovi qo‘shnisidan qo‘rani nariroqqa olishini so‘rashidan boshlandi. Kabob restorani sohibining qo‘rani atigi 60 sm siljitganini etarli emas, deb topgan Ahmet Baran Chetin o‘rtaga qaynotasini tiqdi.
Fotih Terimning “Adanaspor” sobiq prezidentiga telefonda tahdidomuz tarzda murojaati javobsiz qolgach, Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi ikki kuyovi hamda qo‘riqchilari bilan birgalikda Izmirga kelib, Beeves Steak House restoranini vayron qilib, stol-stullarni sindirib tashlashdi. Restoran egasi Salohiddin Aydog‘du bilan Fotih Terim o‘rtasida katta janjal bo‘ldi. Polisiya kelganida Terim va sheriklari restoranni tark etib ulgurgandi.
“Men yozma shikoyatimni huquq-tartibot organlariga topshirdim. Terim uni qaytarib olishim uchun o‘rtaga katta-katta odamlarni qo‘yyapti. Lekin mening shikoyatni qaytarib olish niyatim yo‘q”, deb bayon qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi