14:30 / 25.07.2017
8 530

Samarqandda mudhish jinoyat fosh etildi

Samarqandda mudhish jinoyat fosh etildi
Samarqand shahridagi “Darg‘om” kanali yonidan noma’lum erkak kishining boshida jarohatlari bilan jasadi topildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Surishtiruv ishlari natijasida jasadning shaxsi aniqlandi. Marxum Urgut tumanida yashagan K.B bo‘lib chiqdi. Unga tegishli “NEXIA” rusumli avtomashina esa Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasidan eshiklari qulflangan holda topilib, ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning ba’zi joylarida qon dog‘lari borligi aniqlandi.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida marxum K.B. jazmani L.N.ning uyiga kelib, rashk oqibatida unga tan jarohati etkazganligi, L.N. mahalla raisiga K.B.ni tartibga chaqirib qo‘yishni so‘raganligi va shu kuni tungi soat o‘nlarda mahalla raisi L.D.ning uyiga kelib, K.B.ni uxlab yotganligidan foydalanib, boshiga bolta bilan urib o‘ldirganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng L.N. va mahalla raisi jinoyatni yashirish uchun jasadni “Darg‘om” kanaliga olib borib tashlaydilar.

Holat yuzasidan mahalla raisi va L.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda mudhish jinoyat fosh etildi