Video: Fransiyadagi shahar meri «PSJ»ning «Barselona»ga mag‘lubiyati tufayli kalamush edi

Video: Fransiyadagi shahar meri «PSJ»ning «Barselona»ga mag‘lubiyati tufayli kalamush edi
Fransiyaning Mon-de-Marsan shahri meri Sharl Deyo o‘z va’dasining ustidan chiqdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Gap shundaki, o‘tgan mavsum Evropa chempionlar ligasining 1/4 finalida «PSJ» «Barselona»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgach, rahbar kataloniyaliklarning keyingi bosqichga chiqolmasligini, agar ular bu ishni eplay olsa sichqonni eyishga va’da bergandi.

Javob o‘yinida «Barselona» 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Deyo esa o‘z va’dasining ustidan chiqishga majbur bo‘ldi.

Yakshanba kuni u omma oldida sichqon go‘shtini iste’mol qilgani tasvirlangan videoni joylashtirdi. Uning fikricha go‘sht quyon go‘shti ta’mini yodga solgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar