21:42 / 28.07.2017
7 288

Video: kuzatuv kamerasi borligidan bexabar xodimlar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Video: kuzatuv kamerasi borligidan bexabar xodimlar jinoyat ustida qo‘lga olindi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh Pochtampt” TIF bojxona posti tomonidan `International postal and courier` MChJ xodimlarining qing‘ir ishlari fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali orqali tayyorlangan maxsus ko‘rsatuvda xabar berildi.

Post hududi videokuzatuv yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, idoraning 3 nafar xodimi O‘zbekiston Respublikasiga keltirilgan 2,5 tonna og‘irlikdagi 46 ta pochta jo‘natmalaridan 36 tasini bojxonachilardan yashirishga uringan.

Qiymati 87 million so‘mlik bo‘lgan turli tovar, moddiy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga yashirincha olib kirishiga chek qo‘yildi. Aybdorlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lumot uchun: Bojxona qonunchiligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga yoki bojxona xodimlarining noqonuniy faoliyatiga guvoh bo‘lgan fuqarolarga 0 371 120 76 71 ishonch telefoni raqamiga xabar qilishlari mumkinligini ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: kuzatuv kamerasi borligidan bexabar xodimlar jinoyat ustida qo‘lga olindi