Umuman mavhumlik yomon narsa. Egallagan kasbingda ertaga nima bo‘lishi va seni nima kutayotganini bilmaslik kishi ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari juda noqulay holatda qolgan. Axir, ertaga avgust - yozning so‘ngi oyi... Ko‘z ochib yumguncha esa yangi o‘quv yili boshlanadi. O‘tgan yillar davomida xuddi shu payt guruhlarni shakllantirib, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazgan muallimlar, ishlab chiqarish ustalari aro yo‘lda qolgan ta’lim yo‘nalishida sodir bo‘layotgan voqealarni tushuna olmay halak.
“Kollej-maktab” mavzusida juda ko‘plab maqolalar chop etilib, omma muhokamasiga berildi. Soha mutasaddilari rasmiy javob ham qaytarishdi. “Javobmisan-javob”. Elitar kishilar uchun: “Mag‘zini chaqib ol!”, degan umumiy gaplar jamlanmasi.
Viloyatlardagi kasb-hunar kollejlari boshqarmalari tizim orqali beriladigan topshiriqlarga binoan ish yuritadi. Mazkur boshqarmaga qilingan murojaatlarga tuzuk-quruq javob ololmayapmiz.
Eng qiyini kollejdagi birinchi kurslarga umumta’lim fanidan dars beradigan o‘qituvchilarga bo‘ldi. Ular: “Yangi ish joyi qidiraylikmi yoki kollejda ishni davom ettiramizmi?”, degan savolni kimga berishni bilishmayapti.
“Men, Marg‘ilon maishiy xizmat kollejida umumta’lim fanidan dars beraman. Muassasamizga 200 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan edi. Umumiy ta’lim maktablari vakillari ota-onalarga: “Kollejlarni tugatish haqida yangi qaror chiqdi. Farzandlaringizni hujjatlarini maktabga qayta olib kelinglar”, deb tashviqot qilgani uchun 125 nafar bola hujjatlarini qaytarib olib ketdi. Eng qiyini bizga bo‘ldi, ko‘nglimiz buzilib turibdi. Ish axtaraylikmi yoki yo‘q?”, deyiladi bir murojaatda.
Vodiyning yana bir viloyati kolleji o‘qituvchisidan (ism-sharifi va ish joyini sir saqlashni so‘radi) kelgan arzni aynan keltiramiz: “Barcha kollejlardan maktab bitiruvchilarining hujjatlari majburan olib ketilmokda. Maktab o‘kituvchilari ota-onalarning uyiga borib: "Bugun biz bilan borib, kollejdan hujjatlarni olib berasizlar, kollejlar yopildi, diplom berilmaydi. Bu prezidentning farmoni. Agar bo‘ysunmasangiz jinoiy javobgarlikka tortilasizlar", deb noto‘g‘ri tashviqot olib borilyapti. Bu ishlarga viloyat rahbarlari majbur qilyapti, chog‘i. Men ishlaydigan kollej e’lonlar doskasiga ma’muriyat tomonidan: "Hurmatli umumta’lim fani o‘qituvchilari! Maktablarda 10-sinf ochilgani uchun maktablardan ish izlashingizni ma’lum kilamiz. Bizda guruhlar ochilmaydi va dars soatlari yo‘q" mazmunidagi e’lonlar osib qo‘yildi. Aniq bilamanki, bizning kollejda 400 ta o‘quvchining hujjati turibdi.
Axir prezidentimiz sinov tariqasida ayrim maktablarda 10-sinflarni ochamiz, deb aytgan-ku? Ota-ona va maktab bitiruvchilar ham norozi, kollejdagi pedagoglar ham sarson bo‘lib yuribdi. Joylardagi holatlarga oydinlik kiritib, amaliy yordam berishinglarni surayman”.
Butun boshli O‘zbekiston kelajagini o‘ylash ma’suliyati yuklangan mutasaddilar, o‘quv yili boshlanishiga juda oz fursat qolayotgan bir paytda yuqoridagi savollarga jo‘yali javob bersalar bo‘lar edi.
Agar respublikada 11 yillik ta’lim ustuvor bo‘ladigan bo‘lsa, barcha maktablarda 10-sinf o‘quvchilariga dars beruvchi pedagoglar jamoasini shakllantirishni boshlash kerak emasmi? 9-sinf bitiruvchilari doimgidek kollejlarda o‘qishni davom ettirsa, kasb-hunar kollejlari yangi o‘quv yiliga tadorigini boshlasin.
Takrorlash joizki, yangi o‘quv yiliga juda oz vaqt qoldi. Farzandlarining qayerda ta’lim olishini bilishni istayotgan ota-onalar sarson bo‘lmasligi kerak.
Mazkur mavzu juda dolzarb. Sababi, o‘sha yosh avlod ta’lim olishni boshlaydigan (kollej yoki maktab) partalarida O‘zbekistonning ertangi kuni masalasi turibdi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin