
Bir guruh amerikalik olimlar tovuq tuxumi masalasida yangi tadqiqotlar o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘lishicha, agar bolaga tez-tez tovuq tuxumini qaynatib berib borilsa, aqliy oqsoqlikni bartaraf etarkan, bola bo‘yi o‘sishida alohida ahamiyat kasb etarkan, suyak xastaliklarining profilaktikasida ham muhim rol o‘ynarkan. Buning uchun olimlar olti oylikdan to‘qqiz oygacha bo‘lgan bolalar ishtirokida tovuq tuxumini sinovdan o‘tkazishdi.
Bolalarga kuniga bir donadan tovuq tuxumi berib borildi. Natija yuqorida ta’kidlanganidek kechdi. Bolalarning bo‘yi sezilarli tarzda tez o‘sa boshladi. Bolajonlarda tetiklashish, fikrlash doirasining kengayib borishi kuzatildi. Ammo biz bir narsani esda saqlab qolishimiz kerak. Tuxum bolaga haftada ikki-uch marta bir donadan ediriladi. Me’yordan oshgani esa zarar etkazishdan boshqaga yaramay qoladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar