7 780
Eng yosh vazir o‘rinbosarimiz kiyimini almashtirib, oddiy xalq ichiga kirib bordi. Xo‘sh, u nimalarning guvohi bo‘ldi…
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xalq ta’limi vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa’dullaev Navoiy viloyatida oddiy xalq hayoti bilan tanishmoqda.
«Kecha ust-boshimni almashtirib, oddiy xalq bilan muloqot qilishga otlandim. Kunimni aynan shu ish bilan boshlashga axd qilgandim», — deb yozgan Sa’dullaev o‘zining Feysbukdagi sahifasida.
Sa’dullaevning so‘zlariga qaraganda tumanlarning biriga qilgan tashrifi uning safarini tub ma’noda o‘zgartirib yuborgan: Navoiy viloyati Tomdi tumaniga borgan yosh vazir o‘rinbosari yolg‘iz yordamga muhtoj mo‘ysafidga ko‘zi tushgan. Buni payqagan mahalliy aholi Sa’dullaevni chalg‘itishga harakat qilgan. Ammo ularning bu harakatlari ish bermagan.
«Aslida bu otaxonni maktablarni aylanib yurgan vaqtimda derazadan ko‘rib qoldim. Buni payqagan shu erliklar meni chalg‘itmoqchi bo‘lishdimi, tezda meni gapga solishdi, ammo ularning barchasidan o‘sha erda qolib meni kutishlarini so‘radim.
Yaqinlashib hol-ahvol so‘radim, otaxon bir necha yildan beri bo‘ksasi singanligi tufayli arang o‘zi mustaqil oyoqqa tura oladi. Buni ko‘rib chidab tura olmadim va tuman hokimi muovinini chaqirishlarini so‘radim. Ajablanarlisi, ular bu otaxon haqida bilmas emishlar!!!
Shunday bo‘lsada, bu otaxonga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi takidlab o‘tildi! Otaxonning hamma ma’lumotlarini oldim va hokim muovini bilan kelishib oldik! Aslida barchamiz shunday joylarga borib, shu kabi mazlumlarimizning holidan xabar olishimiz shart!», — deb taassurotlari bilan bo‘lishgan Sa’dullaev.
Navoiy viloyatining eng olis tumanlaridan biri Tomdi 1927-yilda tashkil etilgan. Aholisi asosan qozoq millatiga mansub(14,500 nafarga yaqin). Navoiy shahridan 300 km uzoqlikda joylashgan (Ovullari bundanda uzoqroq). Eski va Yangi shahar qismlaridan tashkil topgan, eski shahar seysmik nuqtada joylashganligi va er relefi bo‘sh bo‘lganligi tufayli, yangi shahar barpo etilgan.
Sa’dullaev bergan xabarga ko‘ra Tumanda 16 ta maktab va 2 ta bog‘cha mavjud. Asosiy xalq va ularning ona tili qozoq tili hisoblanadi. Sakkizta maktabda(ba’zi maktablarda bor yo‘g‘i 3 nafar o‘quvchining istaklari hisobga olingan holda) 10-sinf ochilyapti.
«Bugun tumanning 2 qismidagi maktab va bog‘chalarga tashrif buyurdim, albatta bu maktab va bog‘chalarni o‘zim tanladim va tuman hokimi va boshqalarni ortga qaytarib yubordim! Bu aholining qo‘rqmasdan o‘z fikrlarini bayon qilishga yordam berdi!», — deb yozgan Sa’dullaev.
Vazir o‘rinbosari shuningdek, tumanda suv faqatgina 2 soat aholi ehtiyoji uchun berilishiga qaramay, tumanda juda ham ko‘p yashilga burkangan gulzorlarni uchratish mumkinligiga e’tibor qaratgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...