Shavkat Mirziyoyev Saidkamol Xo‘jaevni Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etdi. Bu ma’lumotni «Kun»ga Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Xo‘jaev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Saidkamol Xo‘jaev 2014 yilda «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruv raisi bo‘lgan, 2016 yili Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosarligiga tayinlangan, shu yil iyunida raisning birinchi o‘rinbosaridan oddiy o‘rinbosarlikka tushirilgandi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Xo‘jaev «Agrobank»ka rahbar etib tayinlangan. U biroz avvalroq Zangiota tumani hokimligiga o‘tkazilgan Abduvahob Tamiqaev o‘rnini egallaydi.
Xo‘jaev bank tizimidagi faoliyatini 1997 yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2003 yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...