
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeks loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida umumxalq muhokamasi uchun joylashtirildi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Kodeks loyihasi O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda Xo‘jalik prosessual kodeksi normalari asos qilib olingan.
Kodeks loyihasi 5 bo‘lim, 36 bob, 334 moddadan iborat.
Iqtisodiy sudlovining asosiy maqsadlari: tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning iqtisodiy sohada qonuniy manfaatlarini va huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy sohada qonunchilikni mustahkamlashga ko‘maklashish, qonun buzilishlarini oldini olish hamda qonun va sudni hurmat qilish munosabatlarini shakllantirishdan iborat.
Hujjat loyihasi muhokamasi 2017 yilning 10 avgustiga qadar davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar