O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus Orenburgda YTHga uchradi (Video)

9 avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Orenurg viloyatida salonida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Qalampir nashri xabar bermoqda.
Mikroavtobusning yengil avtomobil bilan to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 12 kishi shifoxonaga yetkazildi.
“Mercedes” mikroavtobusi ichida 17 kishi bo‘lgan. To‘qnashuv sabab vafot etganlar “Chevrolet Lanos” rusumli yengil mashinaning haydovchisi va yo‘lovchisi bo‘lgan. Jarohat olganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Voqea joyiga tez yordam xizmati, polisiya vakillari, favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yetib kelishdi. Ular YTH sababini aniqlash yuzasidan surishtiruvlar o‘tkazmoqda.

Izohlar 0
…