18:32 / 10.08.2017
7 938

Nega Ahmadboy ishi bo‘yicha sud jarayoniga kelganlar zalga sig‘may qoldi?

Nega Ahmadboy ishi bo‘yicha sud jarayoniga kelganlar zalga sig‘may qoldi?
Ahmadboy Tursunboyev va uning sherigi ekani aytilayotgan 6 shaxs ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida boshlangan mahkama jarayonining 9 avgust kuni bo‘lgan ikkinchi majlisiga ellikdan ortiq odamlar kiritilmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi vakillariga ko‘ra, sudda odamlar tikka turishi mumkin emas, shuning uchun Ahmadboy piramidasidan jabr chekkan o‘nlab odamlar sudlov o‘tayotgan zalda bo‘sh joy qolmaganligi sababli sud zaliga kiritilmadi.

Shuni ochiq tan olish kerakki, ayni paytda Ahmadboy ishidan bir necha o‘n mingdan ko‘p odamlar jabrlanganki, ularning barini yurtimizdagi biron bir sud zali sig‘dira olmaydi.

Kechagi sud majlisida guvohlar va moliyaviy piramidadan jabr ko‘rganlarning ko‘rsatmalari tinglandi. Ahmadboy ishi bo‘yicha sud jarayonining navbatdagi majlisi 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

“Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning muassisi Ahmadboy Tursunboyev O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar etkazish), shuningdek, 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Ahmadboyga tegishli ekanligi aytilayotgan 12 million dollardan ortiq pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Ahmadboyning garajida Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomashinalar topilgan edi.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega Ahmadboy ishi bo‘yicha sud jarayoniga kelganlar zalga sig‘may qoldi?