Toshkentda to‘ylarni cheklash, uning atrofidagi turli xil marosimu tadbirlarni yo yo‘q qilish, yo qisqartirish haqida bahsu-munozaralar avjiga chiqqan vaqtda, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandning hayotiga doir qiziqarli video paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Toshkentda 2016 yil mayida faoliyati tugatilgan tramvaylar 2017 yil martidan beri Samarqandda harakatlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda samarqandlik oshiq yigitlardan biri esa bu transport vositasini oqshomni romantik o‘tkazish mumkin bo‘lgan maskanga aylantirganini ko‘rish mumkin.
Tramvay saloni oq va qizil rangli pufaklar bilan bezatilgan, tokchalari esa romantik muhitni uyg‘otuvchi shamlarga to‘ldirilgan. Salonning past polli qismiga esa stol o‘rnatilgan bo‘lib, unda yigit va qiz suhbatlashib ketmoqda. Videoda tramvayga Captiva avtomobili hamrohlik qilayotganiga guvohi bo‘lish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari mazkur videoga turlicha, asosan, hazilomuz va ko‘tarinki kayfiyatda fikr bildirgan. «Vau! Original qaror!», — deb yozgan bir foydalanuvchi. «Samarqandliklar boplashibdi!», — degan boshqasi. Juda ko‘pchilik «Barakalla!», «Ofarin!» deb, g‘oya mualliflarini olqishlagan.
«Albatta, bu vertolyot emas, lekin shunisi ham bo‘laveradi», — deb yozgan foydalanuvchilaridan biri yaqinda Chimkentdagi to‘y kortejiga hamroh bo‘lgan vertolyotga ishora qilgan. «Qancha taqiq qo‘yma, o‘zbeklar baribir yo‘lini topadi», — degan boshqa kommentator esa to‘ylarni tartibga keltirish bo‘yicha so‘nggi vaqtlarda chiqqan ba’zi hujjatlarni yodga olgan.
«Ertaga depo boshlig‘ini ishdan haydashadi endi!», — deb yozgan foydalanuvchiga ko‘pchilik e’tiroz bildirgan. «Agar haydashsa, demak rahbarlar kaltabin ekan. Romantikaning nima yomon joyi bor? O‘zbekistonda ham sevishni bilishadi. Bu holatning hech yomon joyi yo‘q. Barakalla, bolalar!», — deb javob qaytargan ulardan biri.
Foydalanuvchilar orasida videoga tanqidiy munosabat bildirganlar ham yo‘q emas. «Pul topib, aql topmagan navbatdagi ahmoq», — deb yozgan ulardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»