date

O‘zbek uchuvchilari yangi “Boeing”larning kelishiga tayyorlar

O‘zbek uchuvchilari yangi “Boeing”larning kelishiga tayyorlar

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK mutaxassislari BAAning Dubay shahrida «Boeing» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan havo kemalarini yuklash va markazlashtirish bo‘yicha o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladilar, Bu haqida «Anhor.uz»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Bu o‘quv kurslarida MAKning parvozlarni tashkil etish va erda xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari bilan bir qatorda yana boshqa turli aviakompaniyalarning 40 ga yaqin xodimlari ham ishtirok etdilar. «Voeing» o‘quv markazi xodimlari kurs qatnashuvchilarini umuman har qanday havo kemalarini va xususan «Voeing» samolyotlarini markazlashtirishning asoslari, ularni hisoblashda qo‘llaniladigan usul va vositalar bilan tanishtirdilar.

Bundan tashqari, kurs qatnashuvchilari «Voeing», IATA, JAA (Joint Aviation Authorities Training Organisation), FAA (Federal Aviation Administration) hujjatlari bilan ishlashga o‘rgatildilar, ushbu hujjatlarning havo kemalarini markazlashtirishda bir-biri bilan uzviy bog‘liqligiga ularning e’tiborlari qaratildi.

O‘qishning har bir bosqichi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan mustahkamlanib, natijalari esa o‘qituvchilar tomonidan izohlanib borildi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Milliy aviakompaniya yo‘lovchi tashish uchun qayta jihozlangan «Boeing-767-300BCF» yuk tashish samolyotlaridan foydalanishni boshlaydi. Hozirda bu samolyotlardan dastlabkisi MAKga etkazib berildi.

Foto: anhor.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek uchuvchilari yangi “Boeing”larning kelishiga tayyorlar